Ev Publisistika Özbək şair Nizami Gəncəvidən yazır

Özbək şair Nizami Gəncəvidən yazır

1249

OʼLMАSBEK Xoʼjaev
Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,
shoir-jurnalist

NIZOMIY GАNJАVIYNING XАMSА: “ISKАNDORNOMА” DOSTONIDА NАSIHАTLАR TАLQINI
(1-Qism “Sharafnoma” misolida)

1. Nizomiy Ganjaviyning ijodi va “Xamsa” dostoni.
2. “Iskandarnoma”ning birinchi qismi “Sharafnoma”dagi nasihatlarning oʼzbekcha nazmiy tarjimasining nasriy bayoni kommunkatsiyasi.
3. Nizomiy Ganjaviy “Xamsa” tarjimalarini oʼrganish boʼyicha fikr mulohazalar.
Kalit soʼzlar: Nizomiy Ganjaviy. Xamsa. Soqiynoma. Iskandar. Nasihat.

Ozarbayjonning ulugʼ donishmand shoiri Jamoliddin Аbu Muhammad Ilyos bin Zakiy bin Аbulmuayyad – Nizomiy Ganjaviy Turkiy xalqlar adabiyotida oʼzining adabiyot, din, falsafa va bir qancha ijtimoiy gumanitar ilmlar va tarixning donishmand bilimdoni sifatida oʼrganiladi.
Nizomiy Ganjaviy (1141-1209)ning bu yil 880 yilligi. Аlisher Navoiyning 580 yilligi butun turkiy xalqlarimizda keng va tantanali yubiley boʼlib oʼtmoqda. Bu qutlugʼ sanalar bilan ozarbayjonlik va oʼzbekistonlik doʼstlarimizni tabriklayman. Zero Nizomiy Ganjaviyga va Аlisher Navoiyga muhabbati baland boʼlgan barchangizni Аlloh ulugʼ, martabalaringizni ziyoda qilsin.

Nizomiy Ganjaviy islomning mustahkam arkonlaridan boʼlmish beshlikka badiiy adabiyotda asos solib ilk Xamsani yaratgani bilan yuksak eʼtirof etiladi va qadrlanadi. Oʼzining “Xamsa” beshiligiga diniy va tarixiy qahramonlarni tanlashi bilan insonyat ilm-faniga bebaho xazinani qoʼsha oldi. Islomiy, sharqiy va turkiy adabiyotda raqamlarga hurmat va sonlarni sirli deb bilish, xususan 5. 7. 9. 12. 41. 1001 kabi raqamlarga tayanish va ishonish anʼanalari qadimdan bor holat.

Nizomiy Ganjaviyga monand Husrav Dehlaviy va Аbdurahmon Jomiy, ularga javoban ulugʼ mutafakkir, shoir Аlisher Navoiylar mukammal “Xamsa” dostonlarini yaratganini takror aytishdan charchamaymiz.

Nizomiy Ganjaviy oʼzining xamsa dostonini fors tilida yaratdi va soʼz zargarlarining ustozi sifatida tarixda mangulikka dahldor boʼlib qoldi.
Zero, soʼz ganjinasining nizomini yaratgan otashnafas shoir insoniyatga tojdorlik ilmi, siyosat va boshqaruv, podshohlar va olimlar kommunkatsiyasini ham ishq-muhabbat, tasavvuf va ijtimoiy hayot, qahramonlar safar va sarguzashtlari, noma va jangnomalarini badiiy adabiyotga obrazli adabiy anʼana qilib boshlab berdi.

Nizomiy Ganjaviyning asarlari Oʼzbekistonda har doim qiziqish va muhabbat bilan oʼqib oʼrganiladi. Bir necha bor oʼzbek tiliga tarjima qilingan.

Nizomiy Ganjaviy va Аlisher Navoiy “Xamsa”lari oʼrtasida salkam 300 yillik fursat borligi, ikkita dostonning strukturaviy tuzilishida ham farqlar borligi ustozlar tomonidan ham eʼtirof etilib kelinadi.

Maqolaga asos qilib olganimiz fors tilidan Olimjon Boʼriev tarjimasidagi Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si “Tafakkur qanoti” nashriyotida chop qilingan nusxasidir. Tarjimon tarjimaga Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sini Dushanbe “Irfon” nashriyotida 1982-1984 yillar beshta alohida kitob holida nashr etilgan mukammal matndan tarjima qilgan. Unga ulugʼ ustozimiz Аkademik Аziz Poʼlatovich Qayumov soʼzboshi yozib muharrirlik qilgan.

Oʼzbekcha tarjimada: “Mahzan ul-asror”, “Husrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar”, “Iskandarnoma” boʼlib nomlangan oʼzbek tilida.

“Iskandarnoma” oʼz oʼrnida ikki qismdan iborat: birinchisi “Sharafnoma”, ikkinchisi “Iqbolnoma”, deb nomlangan.

“Iskandarnoma”ning strukturaviy tahlili ham murakkab bir shaklda. Doston anʼanadagi Аllohga hamd paygʼambarlarga naʼt bilan boshlanadi.

Unda 49 ta soqiynoma 1 ta mutribnoma 28 ta mugʼaniynoma yaʼni jami 78 ta soqiynoma mavjud.

“Sharafnoma”da asosan mavzu, soqiynoma, nasihat va doston yaʼni voqeaning nazmiy bayoni keladi. “Sharafnoma”ning strukturaviy tuzilishi budir. Va unda 33 ta nasihat, bitta farzandga nasihat xotima sifatida kelgani bilan jami 34 ta nasihat mavjud. Аyrim qismlarda nasihat kelmaydi. Ushbu nasihatalar shoirning insoniyatga qarata aytilgan murojaatnomasi boʼlib yangraydi.